Ishdan charchab kelib bir kuni
Qarasam telefonda o‘n xabar
Bir xabar sevikli yorimdan
Qolgan to‘qqiztasi Onamdan
O‘qidim ko‘zimga to‘lib yosh
Shunchalar ekanman bag‘ritosh
Yorimni yo‘abman har zamon
Onamni har kuni ko‘zi yosh
Soatga qarasam kech edi
Qo‘ng‘iroq qildim kech bo‘lsa ham
Go‘shakni oldi ul Volidam
Dedilar, senmisan jon bolam
Assalom Onajon, ha menman
Xabariz, kechiring ko‘rmabman
Yo‘qlabsiz e’tibor bermabman
Kechiring, men noshud ko‘rmabman
Onam dardi asli men edim
Meni dardim Ona pul dedim
Yorimni har zamonda yo‘qlab
Onamga ishlarim ko‘p dedim
Umrini baxsh etgan Onamga
Ko‘p ko‘rdim hatto bo‘sh vaqtimni
Yaqinda tanishgan yorimga
Hatto bermoqchiman jonimni (2x)
Uyaldim Onamni bir borib ko‘rib
Yeyolmay o‘tirgan bir nonni bo‘lib
Chaynolmas, tishlari ketgan to‘kilib
Ovqat ham yeyolmas ekanlar to‘yib
Sochlari oqarib qolganin
Beparvo bo‘libman, sezmabman
Dunyoni kezibman, dunyoni
Onamni ko‘nglini kezmabman
Ko‘zyoshlari bo‘libdi daryo
Oq tushirdim Onam sochiga
Arzimas bevafo bu dunyo
Onamning bir tomchi yoshiga
Beozor ko‘nglini sindirdim
Og‘ritdim yuragin Onamni
Men nodon ne uchun yig‘latdim?
Kulishni o‘rgatgan Onamni
Onam dardi asli men edim
Meni dardim Ona pul dedim
Yorimni har zamonda yo‘qlab
Onamga ishlarim ko‘p dedim
Umrini baxsh etgan Onamga
Ko‘p ko‘rdim hatto bo‘sh vaqtimni
Yaqinda tanishgan yorimga
Hatto bermoqchiman jonimni
Jannat hidi kelgan rayhonim Onam
Tunlarim yoritgan oyxonim Onam
Kunduzi qidirdim, dunyoni kezdim
Onamday topmadim yo‘q ekan biram
Qo‘llari sochimni silasa
Dunyoga sig‘mayin ketarman
Bag‘riga bossalar bo‘ldi bas
Dunyoni boyligin netarman?
Onam dardi asli men edim
Meni dardim Ona pul dedim
Yorimni har zamonda yo‘qlab
Onamga ishlarim ko‘p dedim
Umrini baxsh etgan Onamga
Ko‘p ko‘rdim hatto bo‘sh vaqtimni
Yaqinda tanishgan yorimga
Hatto bermoqchiman jonimni

Other lyrics by Firuz Ruzmetov:
Atirgul
Bir gul ko‘rdim xayolimdan ketmadi Olay desam netay pulim yetmadi Qimmat gulni tikonlari ko‘p ekan Tutgan qo‘lim yaralari bitmadi Bozorlarga solib-solib sotaymi? …
Chaqiringlar
Chaqiringlar mani yorimni Topasizlar dildorimni Yo‘q etib qo‘ydim borimni Gulyorimni man norimni (2x) Neda qolding yorim? Qara bu ahvolim Sansiz yomon holim Bo‘lma buncha …
Hozir ketaman
Qolmayin omonat jon uvoliga Bu yolg‘on dunyoni endi netaman? Dunyo ishlarini qo‘yib holiga Yur desang Ollohim hozir ketaman Vidolashib qolmay o‘lsam ham mayli Men so‘ngi …
Jigarlar
Oshiq ahli aro adosi menman Samoni titratgan sadosi menman (2x) Menman, menman, adosi menman Shu qaro ko‘zlining shaydosi menman (2x) Layivash so‘rmasmu Majnun holini? …
Kambag‘al ekanman
Qizining baxtini o‘ylagan Ota Davlat-u boylikni ko‘zlagan Ona Toshyurak egalari toshdek qotdingiz Ayting qizingizni kimga sotdingiz? Teng tengi bilan deb turib oldingiz …