Qiynadi bu ishq mani
Tun-kechalar zor yig‘latur
Aytaolmayman netay
Ham nomus-u or yig‘latur

Oshshog‘u segoh maning
Ruhimni sel qilg‘ay yana

Bo‘ldi bas deyman
Quloq solmay yana tor yig‘latur (2x)

Ba’zida aylab tavozey
Qilsalar ko‘p muhtaram
Bu ulug‘ shonimni
Shul qilmay biror kor yig‘latur

Gul desam yonishi yo‘q
Bulbul desam honishi yo‘q

Bu latif ruhimni
Aylab bunchalar xor yig‘latur (2x)

Ko‘zlarimda shashqatordur
Yoshlarim yo‘lga qarab, ha
Yo‘qlamayman telbani
Axd-u xush-u bor yig‘latur

Qiynadi bu ishq mani
Tun-kechalar zor yig‘latur
Aytaolmayman netay
Ham nomus-u or yig‘latur

Hajr o‘tida kuydirib
Ishqi o‘tida yondirib

Hajr o‘tida kuydirib
Ishqi o‘tida yondirib

Ne sababdin bilmadim
Ko‘nglimni Ra’no yig‘latur (2x)

Qiynadi bu ishq mani
Qiynadi bu ishq mani
Tun-kechalar zor yig‘latur

on-hit-logo

Other lyrics by Sardor Mamadaliyev:

Ajralishdik

Chulg‘ab oldi bizlarni visol O‘zimizni baxtiyor tuydik Ajralishdik bu kun bemalol Barchasini hazilga yo‘ydik Va’da berdik birovlarga chin Xayollarni erkiga qo‘ydik …

Alda

Alda go‘zalim, sevaman deb meni alda Yolg‘on so‘zlaring dilga berar dalda, alda Ohu ko‘zlaring yuragimning qa’rida Oh devonaman shirin so‘zingga, alda Ey, yondirdi …

Amerka, qarshi ol

U yerda katta yulduzlar bordir Lekin to’xtatishga bizda Abdulqodir Qanot o’yinchisi kelar o’qdek Uni yanchib tashlar bizni Otabek Qarshimizda Ronaldo …

Gulim ayt

Gulim ayt barchasi tamom bo’ldimi Sevgimiz shunchalar arzon bo’ldimi Olislab bormoqda tobora osmon Biz qilgan orzular armon bo’ldimi Erta tong …

Kambag‘allik

Ko‘zlarimdan duv-duv oqar ko‘zyoshlarim Yurakginamdan to‘lib-toshar g‘am-dardlarim Ortga boqma, ortingdan men borolmayman Kambag‘allik aybim mani, yetolmayman …