Men uchun qadrli
Bo’lgan sevgi sen uchun kulguli,
Men uchun eng zavqli
Orzularim sen uchun zerikarli.

Sen o’zga dunyosan,
Qo’llarim yetmas
Sen tomon, osmonga,
Qaramaysan ortingga sen, yerga.
Bir kun kelib aytaman men senga:

Keldingmi, endi qara,
Sensiz men o’lganim yo’q,
Yashayapman!
Ko’rdingmi, endi yig’la,
Undan ham kam joyim yo’q
Mening zarra.
Ishonmading, kutmading,
Sevgimizni sen sotding nimaga?
Sevgimiz gavhari sotildi
Bir sariq chaqaga.

Men uchun eng shaxsiy
Bo’lsa sirlar, qilasan ommaviy,
Qalbimning eng dardli
Mavzulari sen uchun ayanchli.

Sen o’zga dunyosan,
Qo’llarim yetmas
Sen tomon, osmonga,
Qaramaysan ortingga sen, yerga.
Bir kun kelib aytaman men senga:

Keldingmi, endi qara,
Sensiz men o’lganim yo’q,
Yashayapman!
Ko’rdingmi, endi yig’la,
Undan ham kam joyim yo’q
Mening zarra.
Ishonmading, kutmading,
Sevgimizni sen sotding nimaga?
Sevgimiz gavhari sotildi
Bir sariq chaqaga. (3x)

Other lyrics by Tohir Sodiqov:

Adashdim

Bugun kimga nasib etar chiroying, O’zga qo’llar silar endi sochlaring. Yuragimda isyon, rashk olovi seni deb, O’zga inson endi xayollaringda seni. Senga ayon edi qalbim, …

Ajoyib kun

Ajoyib kun, xursandman – bugun seni koraman, Kopdan beri sevaman, lekin senga aytolmayman. Sen esa achinmaysan ham, oylamaysan ham, Yoq demagin sen menga bugun. Seni, …

Allo

Dostlarim bilan bir kun, Bir qizni korib qoldim. Bilmayman nima uchun U qizni sevib qoldim. Shundan beri boshlandi, Sevgim unga oshardi. Har kuni ertalabdan Telefonni …

Allo my love

Meni deb qayg’urgin sen bir bor, Yo’qot bir lahzaga halovat. Sukunatda o’ylagin bedor, Taqdiringman men o’zim faqat. Allo “my love”, qayerdasan jonajonim? Sen aslo menga …

Anori dona

Anori dona-yu dona, Qadrli ota-yu ona. Topilur do`stu begona, Topilmas ota-yu ona. Qanot bersa, uchib borsam, Qadrli onamni korsam. Onam bilan suhbatlashib, Yurak-bagrim …