Ko’zim yoshlanar sog’inchdan,
Noiloj ahvolimdan qiynalar qalbim.
Jonim, qanday qiz eding oldin,
Qanday seni sevardim, yo’qotib aqlim.

Nahot yashayman endi
Shu taqdirga berib tan?
Seni ko’rolmasdan, sen bilan bo’lmasdan,
O’tkazib kunlarim yolg’iz.

Sen ketgan kundan, o’sha kundan, o’sha tundan,
Sen ketgan tundan, o’zgardi hayot birdan.
Sen xafasan mendan, sen xafasan mendan,
Mening jonginam, mening jonginam, mening jonginam.

Sen uchunman, degan so’zlari qani,
Qani sof, toza sevgi, uning g’ururi?
Ey qizcha, eslatib uni menga,
O’rtamizda sen turma, meni qiynama.

Axir biz baxtli edik,
Kuzatib kech, kutib tong.
Menga yaqin inson, meni sevgan inson
Faqat udir, sen ishon.

Sen ketgan kundan, o’sha kundan, o’sha tundan,
Sen ketgan tundan, o’zgardi hayot birdan.
Sen xafasan mendan, sen xafasan mendan,
Mening jonginam, mening jonginam, mening jonginam. (x1+x2)

Other lyrics by Tohir Sodiqov:

Adashdim

Bugun kimga nasib etar chiroying, O’zga qo’llar silar endi sochlaring. Yuragimda isyon, rashk olovi seni deb, O’zga inson endi xayollaringda seni. Senga ayon edi qalbim, …

Ajoyib kun

Ajoyib kun, xursandman – bugun seni koraman, Kopdan beri sevaman, lekin senga aytolmayman. Sen esa achinmaysan ham, oylamaysan ham, Yoq demagin sen menga bugun. Seni, …

Allo

Dostlarim bilan bir kun, Bir qizni korib qoldim. Bilmayman nima uchun U qizni sevib qoldim. Shundan beri boshlandi, Sevgim unga oshardi. Har kuni ertalabdan Telefonni …

Allo my love

Meni deb qayg’urgin sen bir bor, Yo’qot bir lahzaga halovat. Sukunatda o’ylagin bedor, Taqdiringman men o’zim faqat. Allo “my love”, qayerdasan jonajonim? Sen aslo menga …

Anori dona

Anori dona-yu dona, Qadrli ota-yu ona. Topilur do`stu begona, Topilmas ota-yu ona. Qanot bersa, uchib borsam, Qadrli onamni korsam. Onam bilan suhbatlashib, Yurak-bagrim …