Qanday men ishontirsam senga bo’lgan sevgimni?
Qanday men isbotlasam senga sodiqligimni?
Qanday so’zlarni topsam, qanday ko’nglingni olsam?
Bo’lma buncha bag’ritosh, yurak berolmas bardosh.

Sen bilgin, sevish kerak faqat bir bor,
Qilmagin, jonim, meni bunchalar zor.

Sen mening jonim, sen mening yorim,
Sen mening birinchi, asl bahorim.
Sen mening jonim, sen mening yorim,
Sen mening birinchi, asl bahorim.

Yana nimalar qilsam yetmoq uchun vaslingga?
Tayyorman hammasiga, ayt shartlaringni menga.
Bu dunyoda faqat sen va faqat sening sevging,
Kerakdir jonim menga, zarurdir yuragimga.

Sen bilgin, sevish kerak faqat bir bor,
Qilmagin, jonim, meni bunchalar zor.

Sen mening jonim, sen mening yorim,
Sen mening birinchi, asl bahorim.
Sen mening jonim, sen mening yorim,
Sen mening birinchi, asl bahorim.

Sen bilgin, sevish kerak faqat bir bor,
Qilmagin, jonim, meni bunchalar zor.

Sen mening jonim, sen mening yorim,
Sen mening birinchi, asl bahorim.
Sen mening jonim, sen mening yorim,
Sen mening birinchi, asl bahorim.

Other lyrics by Tohir Sodiqov:

Adashdim

Bugun kimga nasib etar chiroying, O’zga qo’llar silar endi sochlaring. Yuragimda isyon, rashk olovi seni deb, O’zga inson endi xayollaringda seni. Senga ayon edi qalbim, …

Ajoyib kun

Ajoyib kun, xursandman – bugun seni koraman, Kopdan beri sevaman, lekin senga aytolmayman. Sen esa achinmaysan ham, oylamaysan ham, Yoq demagin sen menga bugun. Seni, …

Allo

Dostlarim bilan bir kun, Bir qizni korib qoldim. Bilmayman nima uchun U qizni sevib qoldim. Shundan beri boshlandi, Sevgim unga oshardi. Har kuni ertalabdan Telefonni …

Allo my love

Meni deb qayg’urgin sen bir bor, Yo’qot bir lahzaga halovat. Sukunatda o’ylagin bedor, Taqdiringman men o’zim faqat. Allo “my love”, qayerdasan jonajonim? Sen aslo menga …

Anori dona

Anori dona-yu dona, Qadrli ota-yu ona. Topilur do`stu begona, Topilmas ota-yu ona. Qanot bersa, uchib borsam, Qadrli onamni korsam. Onam bilan suhbatlashib, Yurak-bagrim …