Necha bor sevmayman deb men o’zimga,
Shuncha bor adashdim boqib ko’zingga.
Yana sen, yana sening vasling aqlu-xayolimda,
Sen o’chmas yagona mavzuyimsan umrimda.
Shoirlikda yo’qdir ma’no, aniqdir yozganlarim,
Oddiyroqdir qo’shig’im ham, balki yoqmaydi.
Tasvirlashga so’zim yo’q, baholashga o’rin yo’q,
Orzu qilsam umid yo’q, o’zgarmasin hech narsa.
Sevaman, bu yetmaydi, bilaman,
Sevaman, ishonmaysan, bilaman.
Yodimda so’nggi qilgan xatolarim,
Sevgi yo’q, ishonmanglar deganlarim.
Endi-chi, tanirmi bu ahvolda meni do’stlarim?
Tushunar yoki kularmikinlar, bilmadim.
Go’yoki zanjirband qalbim endi sening mehringga,
Ko’rinmas kishanlar solgan ajib sehringga.
Ta’riflashga o’rin yo’q, baholashgachi sovrin yo’q,
Bundan o’zga chora yo’q, o’zgarmasin hech narsa.
Sevaman, bu yetmaydi, bilaman,
Sevaman, ishonmaysan, bilaman.
Nahot menmas, kimdir o’zga
Asalim deb, seni erkalasa?
Alamdaman, sen befarqsan,
Kim bilansan?
Sevaman, bu yetmaydi, bilaman,
Sevaman, ishonmaysan, bilaman. (x2)

Other lyrics by Tohir Sodiqov:
Adashdim
Bugun kimga nasib etar chiroying, O’zga qo’llar silar endi sochlaring. Yuragimda isyon, rashk olovi seni deb, O’zga inson endi xayollaringda seni. Senga ayon edi qalbim, …
Ajoyib kun
Ajoyib kun, xursandman – bugun seni koraman, Kopdan beri sevaman, lekin senga aytolmayman. Sen esa achinmaysan ham, oylamaysan ham, Yoq demagin sen menga bugun. Seni, …
Allo
Dostlarim bilan bir kun, Bir qizni korib qoldim. Bilmayman nima uchun U qizni sevib qoldim. Shundan beri boshlandi, Sevgim unga oshardi. Har kuni ertalabdan Telefonni …
Allo my love
Meni deb qayg’urgin sen bir bor, Yo’qot bir lahzaga halovat. Sukunatda o’ylagin bedor, Taqdiringman men o’zim faqat. Allo “my love”, qayerdasan jonajonim? Sen aslo menga …
Anori dona
Anori dona-yu dona, Qadrli ota-yu ona. Topilur do`stu begona, Topilmas ota-yu ona. Qanot bersa, uchib borsam, Qadrli onamni korsam. Onam bilan suhbatlashib, Yurak-bagrim …