Xotirjam qo‘lin tutsak
Qadri qaddidan yuksak
Sotqinmas mard erkak
Dadam zo‘r-da, dadam zo‘r-da, dadam zo‘r

Yo‘llarga posbon o‘zi
Sinovga qalqon o‘zi
Yer o‘zi, osmon o‘zi
Dadam zo‘r-da, dadam zo‘r-da, dadam zo‘r

Ro‘zg‘orga deb tinmaganim
Kiydirib kiymaganim
To‘ydirib to‘ymaganim
Dadam zo‘r-da, dadam zo‘r-da, dadam zo‘r

Mangu qolsin qoyadek
Ergashganim soyadek
Maqtanaman yosh boladek
Dadam zo‘r-da, dadam zo‘r-da, dadam zo‘r

Ko‘rsatmas ko‘zda yoshini
Halol yegan oshini
Yovga bermas boshini
Dadam zo‘r-da, dadam zo‘r-da, dadam zo‘r

Men zo‘rni bolasi-da
Qo‘l tutsam yelkasida
Odamlarning orasida
Dadam zo‘r-da, dadam zo‘r-da
Dadam zo‘r-da, dadam zo‘r

Sinovlarda pahlavon
Men uchun chin qahramon
Ham jonkuyar mehribon
Dadam zo‘r-da, dadam zo‘r-da, dadam zo‘r

Ko‘pdir aytar uzrim
Qalbimdagi huzurim
Imonimsiz g‘ururim
Dadam zo‘r-da, dadam zo‘r-da, dadam zo‘r

Har luqmasi halolim
Siz bilan har qarorim
Sultonimsiz qirolim
Dadam zo‘r-da, dadam zo‘r-da, dadam zo‘r

Mangu qolsin qoyadek
Ergashganim soyadek
Maqtanaman yosh boladek
Dadam zo‘r-da, dadam zo‘r-da, dadam zo‘r

Ko‘rsatmas ko‘zda yoshini
Halol yegan oshini
Yovga bermas boshini
Dadam zo‘r-da, dadam zo‘r-da, dadam zo‘r

Men zo‘rni bolasi-da
Qo‘l tutsam yelkasida
Odamlarning orasida
Dadam zo‘r-da, dadam zo‘r-da
Dadam zo‘r-da, dadam zo‘r

Other lyrics by Doston Ergashev:

Begonaman

O’tga otdim suratingni Unutyapman seratingni O’qimayman bas xatingni Endi senga begonaman Endi senga begonaman Bitdi ishqim hikoyasi Armon bo’ldi …

Boravering

Boravering kutar sizni tillo saroy Qay zamonda qizin bergan g‘aribga boy Yarashmaydi bu kulbamga sizdek chiroy Keting gulim mendan uzoq yuravering, ey O‘ziz topgan …

Dadam zo‘rda

Xotirjam qo‘lin tutsak Qadri qaddidan yuksak Sotqinmas mard erkak Dadam zo‘r-da, dadam zo‘r-da, dadam zo‘r Yo‘llarga posbon o‘zi Sinovga qalqon o‘zi Yer o‘zi, osmon o‘zi …

Ey do‘stim

Ey do‘stim ko‘zingni kattaroq ochgin Bu dunyo sinovdur bu dunyo o‘yin Bugun boshin egib turgan do‘stlaring Ertaga ish bitgach cho‘zadi bo‘yin Ey do‘stim aylanma pulning …

Ko‘zları chaqmoq

So‘zlari qaymoq, qo‘llari qaynoq Xohishim senla bir umr bo‘lmoq Sochlaring o‘ra ey sevishsak zo‘ra Men telba oshiq hammadan so‘ra So‘zlari qaymoq, qo‘llari qaynoq …