Qarsaklar chaldi O’zbek, Cho’lponni boltalashdi
Pashshalar gulzorimda Ari bilan bol talashdi
Hoyinlar kuni tug’di, sheriyat quyoshi botdi
Boltalab o’ldirdi rus, o’zbeklar uni sotdi

Kechirgin Turkiston bo’lolmadim posboning
kechir men qarab turdim qahradi bog’ bo’stoning
Moziydan izla javobni, xonlaring yer talashdi
Otgani o’qlari qolmay, Cho’lponni boltalashdi

Nima bo’ldi ekan uning so’ngi so’zlari o’shanda
Tuyog’i najosat bosib to’ng’izlar kezdi gulshanda
Qurbonjon dodxo misoli Madaminbekni aldashdi
Ming to’qqizyuz o’ttiz sakkiz, Cho’lponni boltalashdi

Usmonga nasib e’tmadi o’z yurtidan bir mozor
Hurlikni orzuv qilgancha o’tdi tuprog’iga zor
Qodiriy, Cho’lpon, Fitratni nima sababdan qamashdi?
Jallodlar o’q topolmay, Cho’lponni boltalashdi

Faryod bilan qon yig’lab ketdi baxorlar
Dushmanni qo’lida jon berdi daxolar
nega yig’lamaysan ey yurtim bu holga
axir dushman bolangni otgan olovga

Jallodlarning bir tuki ham qilt etmagan ehtimol
O’ris jallod tig’ urdi, hoyin o’rtada dallol
yuraklar muzladi, qarg’alar sovuq qotdi
Ruslar bolta charxladi, o’zbeklar o’zbekni sotdi

Qaylarda qoldi nara tortgan paxlavonlaring
Qabri oyoq ostida toptaldi bobolaring
Tovon o’pib shoir bo’lgan bu shoirlar shon talashdi
Jallodlar o’q topolmay, Cho’lponni boltalashdi

Paxtalar ekib og’u sochdi boshing uzra rus
Sariq kasal bo’lib nobut bo’ldi norasidalar
Yalaqi rayislaring cho’chqalardan oldi tus
Yuvolmayman armoningni bitsam ming qasidalar

Olmonya bag’ridan qaytolmadi toliblar
qaytganlari otildi qilt etmadi qotillar
Turkiston jahannam bo’ldi, xoyinlar o’t qalashdi
Otildi Qodiriy, Cho’lponni boltalashdi

Faryod bilan qon yig’lab ketdi baxorlar
Dushmanni qo’lida jon berdi daxolar
nega yig’lamaysan ey yurtim bu holga
axir dushman bolangni otgan olovga

Other lyrics by Doxxim:

Cho'lponni Boltalashdi

Qarsaklar chaldi O’zbek, Cho’lponni boltalashdi Pashshalar gulzorimda Ari bilan bol talashdi Hoyinlar kuni tug’di, sheriyat quyoshi botdi Boltalab o’ldirdi rus, o’zbeklar …

May Quyma

Menga may quymang do’stlarim Kerak emas bu iltifot Uyalaman volidamga bu holda Ko’rinmoqlikka Shayton bilan do’st bo’ladi May ichganda odam zot …

Musofir

Yaxshiman onajon Deb yozaman xabar Yig’laydi onajon dardlarim Bilsa gar Men xabar aytib qo’ying Otamni sog’inganim Sizlar qarimay turinglar Muhim emas …

Qahramon Toshkent

Bostirib keldi yovlar har Tomondan soldi qirg’in elga Janga otlanib yigitlar Belbog’in mahkam bog’ladi belga Erk uchun kirdilar janga tek Shahid ketdi …

Tugadi Munosabat

Tugadi o’rtada munosabat Qaragin hammasi topdi yakun Shunchaki gap ekan bu muhabbat Qayg’uli tugadi sevgi bugun Tugadi o’rtada munosabat Qaragin hammasi …