Kecha nonim totgan do‘stlarim
Bir hovlida yotgan do‘stlarim
Endi esa dushmanimga do‘st
Meni arzon sotgan do‘stlarim
Xiyonatlar qilmagan edim
Sizni dushman bilmagan edim
Jigarimdek ko‘rib pand yedim
Meni arzon sotgan do‘stlarim (2x)
Meni arzon sotgan do‘stlarim
Do‘stlarim ey do‘stlarim
Meni arzon sotgan do‘stlarim
Do‘stlarim, do‘stlarim
Meni arzon sotgan do‘stlarim
Pul deb qo‘lim tutganmidingiz?
Men yiqilsam yutganmidingiz?
Sinishimni kutganmidingiz?
Meni arzon sotgan do‘stlarim
Bir chekkada qulashim poylab
Sanchay deya pichog‘in moylab (2x)
Yurgan ekan ko‘zimni boylab
Meni arzon sotgan do‘stlarim
Meni arzon sotgan do‘stlarim
Do‘stlarim ey do‘stlarim
Meni arzon sotgan do‘stlarim
Do‘stlarim, do‘stlarim
Meni arzon sotgan do‘stlarim
Ey do‘st yiqilmadim mana sinmadim
Yashayapman sira tinmadim
Bugun do‘stligimiz qo‘msadim
Meni arzon sotgan do‘stlarim

Other lyrics by Hasan Ahmedov:
Do‘stlarim
Kecha nonim totgan do‘stlarim Bir hovlida yotgan do‘stlarim Endi esa dushmanimga do‘st Meni arzon sotgan do‘stlarim Xiyonatlar qilmagan edim Sizni dushman bilmagan edim …
Qiz bola
Qo‘ymaydi hol-u jonimga meni Qiz bola sevsa yomon bo‘larkan Yonishni xohlarkan o‘ziga o‘xshab Qiz bola sevsa olov bo‘larkan Sochin tarab oyna qoshida O‘zidan o‘zi kulib …
Robbim kechir
Ne’matlarini, har lazzatini yashadim, ko‘rdim Ammo o‘tkinchi bu dunyo Bosgan qadamim, baxt-u alamim Bilguvchi o‘zingsan ey Xudo Boylikga qo‘yib mehr Qalbimga to‘ldi …