Men yomonni yomon demang
Alamlarim bir dunyo
Yuzim kular ko‘zimda yosh
Hech kim tushunmas ammo

Bu dunyoda bitta o‘zim
Yaralangan sher misol
Ishonganim hanjar urdi
Ishonchimni qildi uvol

Dil yarasi bitmayapti
Yaqinlarning azobidan
Joy tayyorlang kunim bitgan
Mahzunlarning mozoridan (2x)

G‘iybatimni qiling mayli
Yomon bo‘ldim shunday o‘tay
Qo‘limdan hech nima kelmas
Shunday yaralganman netay

Kuling mayli ustimdan ham
Men sizlarga malol bo‘ldim
Tosh otdingiz ortimdan ham
Tiriklayin o‘lib bo‘ldim

Dil yarasi bitmayapti
Yaqinlarning azobidan
Joy tayyorlang kunim bitgan
Mahzunlarning mozoridan (2x)

Do‘st degani kimdir o‘zi
Sirlarimni sotib ketsa
Pulni deya chin do‘stini
Oyoqosti qilib o‘tsa

Qalbi boshqa, tili boshqa
Yashirmoqchisiz kimdan?
Bunday ikki yuz bo‘lgandan
Kechganingiz yaxshi mendan

Dil yarasi bitmayapti
Yaqinlarning azobidan
Joy tayyorlang kunim bitgan
Mahzunlarning mozoridan (4x)

Other lyrics by Ilyos Yunusiy:

Dil yarasi

Men yomonni yomon demang Alamlarim bir dunyo Yuzim kular ko‘zimda yosh Hech kim tushunmas ammo Bu dunyoda bitta o‘zim Yaralangan sher misol Ishonganim hanjar urdi …

Menga o'rgatmang siz qanday yashashni

Menga o’rgatmang siz qanday yashashni Taqdirga o’zimni topshirib qo’ydim Odamlarga bo’lgan ishochni bugun Sizni dastingizdan o’ldirib …

Siz zo'rsiz Dada

Dada sizga aytar gapim bor mening Yuragim so’zlashga shoshyapti mana Bugun hammasini oshkor aytaman Eng zo’r insonim siz o’zingiz dada O’rganaman …