Bog‘ga kirsam maylimi?
Gullar tersam maylimi?
Kelin bilan kuyovni
Tabriklasam maylimi? (2x)
Tokchadagi shokolad
Yemaysizmi akajon?
Shunday go‘zal kelinoyimni
Sevmaysizmi akajon? (2x)
Bog‘ga kirsam maylimi?
Gullar tersam maylimi?
Kelin bilan kuyovni
Tabriklasam maylimi? (2x)
Oq gul sizniki
Qizil gul bizniki
Xafa bo‘lmang qudahola
Endi kelin bizniki
Kuyov bola uyalmang
Kelinchakga suyanmang
Men davraga chiqqanda
Yuz dollardan qizg‘onmang
Neksiyaning eshigi
Ochilsa yopilmaydi
Shunday go‘zal kelinoyimni
Qidirsa topilmaydi (2x)
Bog‘ga kirsam maylimi?
Gullar tersam maylimi?
Kelin bilan kuyovni
Tabriklasam maylimi? (2x)
Oq daryodan oqib kelar simyog‘och
Simyog‘ochga qo‘nib kelar qaldirg‘och
Qaldirg‘ochning qanotlari qayrilmasin
Shu ikki yosh bir-biridan ayrilmasin
Bog‘ga kirsam maylimi?
Gullar tersam maylimi?
Kelin bilan kuyovni
Tabriklasam maylimi? (2x)

Other lyrics by Javohir Erkinboyev:
Bog‘ga kirsam maylimi
Bog‘ga kirsam maylimi? Gullar tersam maylimi? Kelin bilan kuyovni Tabriklasam maylimi? (2x) Tokchadagi shokolad Yemaysizmi akajon? Shunday go‘zal kelinoyimni Sevmaysizmi …