Qancha azob
Qancha o‘tar yil
Yolg‘iz yengib
O‘tar ekan ayol
Sabr qilar barcha sinovga
Oson tutmang
Yolg‘iz yolg‘iz ayolga
Ortidan kim nima desa der
Allohim shularga insof ber
Halol ishlab u musofir
Xudo oson tutmang
Yolg‘iz yolg‘iz ayolga
Ne ne kunlar boshidan o‘tgan
Uyqusizlik bedor tunlar o‘tgan
Yolg‘izlik azobin tortgan
Oson tutmang yolg‘iz yolg‘iz ayolga
Yomon so‘z aytmang uning shaniga
Qolasiz bir kun Alloh qahriga
Ojiza u biling azob ko‘rganda
Oson tutmang yolg‘iz yolg‘iz ayolga
O‘g‘il qizi bo‘lsa boshin silagan
Umridan bori jonidan kechgan
Mehnat qilib o‘zin rizqini tergan
Oson tutmang yolg‘iz yolg‘iz ayolga
Bir kun kelar u kutgan kunlar
Yomon degan uyalib qolar
U uchun jaranglar kuylar
Oson tutmang yolg‘iz yolg‘iz ayolga

Other lyrics by Ma'murjon Jo‘rayev:
Yolg‘iz ayol
Qancha azob Qancha o‘tar yil Yolg‘iz yengib O‘tar ekan ayol Sabr qilar barcha sinovga Oson tutmang Yolg‘iz yolg‘iz ayolga Ortidan kim nima desa der Allohim shularga insof …