Gullabsan bahor chog‘imda
Bo‘libsan go‘zal bog‘imda
Tanho gulim nastarin
O‘zing dil ardog‘imda

Senga aytay dardlarim
Eshitgina bir gaplarim
Ochay senga dil daftarim
Sirdoshim bo‘l nastarin

Nasta-nasta nastarin
Guling bunchalar mayin?
Iforing tuygan sayin
Mast bo‘larman nastarin (2x)

Qadding egib turarsan
Go‘yo go‘zal kelinchak
Shamollarda tebranib
Uchasanmi halinchak?

Yomg‘ir bilan o‘pishib
Bahorlarga yetgan sen
Kuz kelganda jilmayib
Meni tashlab ketgan sen (2x)

Nasta-nasta nastarin
Guling bunchalar mayin? (2x)

Nasta-nasta nastarin
Guling bunchalar mayin?
Iforing tuygan sayin
Mast bo‘larman nastarin (2x)

Other lyrics by Marhabo Begimqulova:

Nastarin

Gullabsan bahor chog‘imda Bo‘libsan go‘zal bog‘imda Tanho gulim nastarin O‘zing dil ardog‘imda Senga aytay dardlarim Eshitgina bir gaplarim Ochay senga dil daftarim …