Ketmoqdamiz kipriklarda nam
Ulg‘aymoqlik tomon bir qadam
Lek yurakni o‘rtar bir alam
Sog‘inaman sizni sinfdosh
Chalinmoqda so‘ngi qo‘ng‘iroq
Bolalikga solmoqqa firoq
Taqdir shunday deymiz- biroq
Sog‘inaman sizni sinfdosh
Bosib o‘tdik qancha yo‘llarni
Qorlari-yu yomg‘ir, do‘llarni
Qo‘msab endi o‘sha kunlarni
Sog‘inaman sizni sinfdosh
Ilk muhabbat senga lolalar
Tutsam kular edi bolalar
Sevgimizga guvoh holalar
Sog‘inaman sizni sinfdosh
Qoldi nahot barch-barchasi?
Qorbobo-yu bayram archasi
Aytolmadim so‘zim qanchasi
Sog‘inaman sizni sinfdosh
Bo‘lishardik barcha sirimiz
Yorishganday bo‘lar dilimiz
Kel bir bora tutib qo‘limiz
Sog‘inaman sizni sinfdosh
To‘kilmoqda yoshim duvillab
Yoshlik o‘tdi yeldek zuvilliab
Maktab qoldi bizsiz huvillab
Sog‘inaman sizni sinfdosh
Sog‘inamiz barini qo‘msab
Ko‘zimizda birdan olib yosh
Bir-birimiz turaylik eslab
Sog‘inaman sizni sinfdosh
Mayli endi hayot ekan-da
O‘qilmagan bayot ekan-da
Lek barisin anglab yetganda
Sog‘inaman sizni sinfdosh
Sog‘inaman ustozlarimni
Birga o‘tgan vaqtlarimni
Boringizga ming bor shukur
Bergan ta’limingizga rahmat

Other lyrics by Marjona:
Sinfdosh
Ketmoqdamiz kipriklarda nam Ulg‘aymoqlik tomon bir qadam Lek yurakni o‘rtar bir alam Sog‘inaman sizni sinfdosh Chalinmoqda so‘ngi qo‘ng‘iroq Bolalikga solmoqqa firoq …