Muhabbatni qadriga
Yetganga ber Xudoyim
Boshin olib sahroga
Ketganga ber Xudoyim

Sukunatdan olib tun
Bir so‘z demay turgan jim
Ko‘rmay hatto yorug‘ kun
Yurganga ber Xudoyim

Dosh berolmay hijronga
Umri to‘lib armonga
Qo‘l cho‘zib sen tomonga
Turganga ber Xudoyim

Ichiga yutib dardin
Ko‘zga surtib har gardin
Zargardek harni qadrin
Bilganga ber Xudoyim

O‘zing ber Xudoyim
Bilganga ber Xudoyim
Qalbi og‘rib tursa ham
Kulganga ber Xudoyim (2x)

Dunyo besh kunlik safo
Jon og‘rib chekar jafo
Shundayam yorga vafo
Qilganga ber Xudoyim

Gohi hijrondan bezib
Ko‘ksin anordek ezib
Sog‘inch sohilin kezib
Yurganga ber Xudoyim

Dunyo dardi bo‘lib jam
Cheksa ham-ki dard-alam
Qalbi og‘rib tursa ham
Kulganga ber Xudoyim

Bo‘g‘zin kuydirgan hitob
O‘qilmagan bir kitob
O‘zingdan kutib javob
Kelganga ber Xudoyim

O‘zing ber Xudoyim
Bilganga ber Xudoyim
Qalbi og‘rib tursa ham
Kulganga ber Xudoyim (4x)

Other lyrics by Mehrangiz Hamroqulova:

Xudoyim

Muhabbatni qadriga Yetganga ber Xudoyim Boshin olib sahroga Ketganga ber Xudoyim Sukunatdan olib tun Bir so‘z demay turgan jim Ko‘rmay hatto yorug‘ kun Yurganga ber …