Eng go’zal gullar sochilar yo’linga
Eng go’zal so’zlar aytar isming takror
Ko’kday yulduzlar termular husninga
Sen yurgan bog’lar aro mangudir bahor
Maftuning bo’ldim ey yor
Gullardan o’zing a’lo
Zebolar ichra zebo
Yuragimda sen tanxo
Dilim sensan dilrabo
Sen bilan go’zal dunyo
Sevging umrimga ma’no
Chiroyda tengsiz barno
Ey Gulira’no
Sen hayotimsan sen mening baxtimsan
Har nafas qalbim vaslinga intizor
Taqdir inom etgan
Mangu sevgim o’zingsan sen bunchalar noziksan
Bunchalar beg’ubor majnuning bo’ldim ey yor
Gullardan o’zing a’lo
Zebolar ichra zebo
Yuragimda sen tanxo
Dilim sensan dilrabo
Sen bilan go’zal dunyo
Sevging umrimga ma’no
Chiroyda tengsiz barno
Ey Gulira’no

Other lyrics by O'ktam Hakimov:
Gulira'no
Eng go’zal gullar sochilar yo’linga Eng go’zal so’zlar aytar isming takror Ko’kday yulduzlar termular husninga Sen yurgan bog’lar aro …
Ismigul
Ming ismlar ichra, takrorlayman isming Go’yoki hammasi tushga o’xshab ketar Bu tushni o’ngimda, ko’rganday men bo’ldim Yurgan izlaringni men …
Malikam
Seni topdim hayotimda sado ber Qo’shig’imsan dildan sirim sado ber Yo’llaringa intizorman kel erkam Seni derman yulduzimsan malikam Sahro dil sensiz …