O’z yo’lini o’zi topguncha aslo
Yo’l yurib tolmaydi ko’cha bolasi
Boridan ayrilgan bo’lsa ham hatto
Ko’chada qolmaydi ko’cha bolasi

Bu hayotdan chiqar zo’ridan ham zo’ri
Sabrda quriydi peshona sho’ri
Shoqol to’dasiga qo’shilmas bo’ri
Ko’chada qolmaydi ko’cha bolasi

Ko’chada qolmaydi o’zini eplaydi
Bo’riga o’xshaydi ko’cha bolasi
Ko’chada qolmaydi o’zini eplaydi
Bo’riga o’xshaydi ko’cha bolasi

Nokas u nomardlar to’qiydi ertak
Soddalarni avrab qiladi ermak
G’ariblarida g’amida yashagan erkak
Ko’chada qolmaydi ko’cha bolasi

Kimlar tosh etadi kimlar toshin teradi
Kim sinar kim ko’krak keradi
Xudo deb yuranga Xudo beradi
Ko’chada qolmaydi ko’cha bolasi

Ko’chada qolmaydi o’zini eplaydi
Bo’riga o’xshaydi ko’cha bolasi
Ko’chada qolmaydi o’zini eplaydi
Bo’riga o’xshaydi ko’cha bolasi

O’ziga o’xshaydi ko’cha bolasi

Other lyrics by Orzumurod:

Ko'cha bolasi

O’z yo’lini o’zi topguncha aslo Yo’l yurib tolmaydi ko’cha bolasi Boridan ayrilgan bo’lsa ham hatto Ko’chada qolmaydi …