Do‘stim bo‘lsang chetda turma
Kulfatda yuzingni burma
O‘zingni boylikga urma
Do‘stim bo‘lsang
Pichoq ursa dushmanlarim
Kelmasidan pushmonlarim
Qo‘lingga tutay jonlarim
Do‘stim bo‘lsang
Qizlarga uchib ketmagin
Mol-dunyo quchib ketmagin (2x)
Ishkaldan qochib ketmagin
Do‘stim bo‘lsang (2x)
Do‘stsiz ko‘ngil vayronalar
Tugamaydi bahonalar (2x)
Sensiz o‘tmas choyxonalar
Do‘stim bo‘lsang (2x)
Oramizni pul buzmasin
Mansab rishtani uzmasin
O‘rtada gina turmasin
Do‘stim bo‘lsang (2x)
Do‘stsiz boshim tuzsiz oshim
Xiyonatga yo‘q bardoshim
Do‘st ham bitta qarindoshim
Do‘stim bo‘lsang, do‘stim bo‘lsang
Do‘stim bo‘lsang chetda turma
Kulfatda yuzingni burma
O‘zingni boylikga urma
Do‘stim bo‘lsang (2x)

Other lyrics by Oybek To'rayev:
Do‘stim bo‘lsang
Do‘stim bo‘lsang chetda turma Kulfatda yuzingni burma O‘zingni boylikga urma Do‘stim bo‘lsang Pichoq ursa dushmanlarim Kelmasidan pushmonlarim Qo‘lingga tutay jonlarim …
Paranji
Anor kabi yanchildi-ya yuragim Armonlar bor qalbim baland pastida Osmonlarga yetmay maning tilagim Yorim ketar paranjining ostida (2x) Kuyib ketdim o‘tlar chiqdi tanamdan …