Yashang deyman tashvishni bilmay
Jonim g‘amdan og‘rinibsiz-a?
Tushlarimga kirasiz tinmay tinmay
Meni juda sog‘inibsiz-a?

Ko‘chalardan qidirib nogoh
Tasodifan izlaysiz panoh
Kulib turib chekayapsiz oh
Meni juda sog‘inibsiz-a?

Yuraman-da gohi bilmay
Yashayapman dunyo sig‘may
Tushlarimga kirasiz tinmay
Meni juda sog‘inibsiz-a?
Meni juda sog‘inibsiz-a?

Qahringizdan mehrni topdim
Sevdim degan sehrni topdim
Yurakdagi muhrni topdim
Meni juda sog‘inibsiz-a?

Bilib oldim ko‘zlaringizdan
Ex haqoratli so‘zlaringizdan
O‘rgilayin yuzlaringizdan
Meni juda sog‘inibsiz-a?

Yuraman-da gohi bilmay
Yashayapman dunyo sig‘may
Tushlarimga kirasiz tinmay
Meni juda sog‘inibsiz-a?
Meni juda sog‘inibsiz-a?

Ko‘ngil yaqin manzillar uzoq
Hijron bizga qo‘ymoqda tuzoq (2x)

Siz azizim mendan-da ko‘proq
Meni juda sog‘inibsiz-a?
Siz azizim mendan-da ham ko‘proq
Meni juda sog‘inibsiz-a?

Yuraman-da gohi bilmay
Yashayapman dunyo sig‘may
Tushlarimga kirasiz tinmay
Meni juda sog‘inibsiz-a?
Meni juda sog‘inibsiz-a?
Meni juda sog‘inibsiz-a?

Other lyrics by Rayyona:

Asragin

Dunyoda bo’lmoqda jangu jadallar Ochlikdan o’lmoqda, qancha odamlar Eng buyuk ne’matdir tinch o’tgan damlar Allohim yurtimni o’zing asragin …

Meni juda sog‘inibsiza

Yashang deyman tashvishni bilmay Jonim g‘amdan og‘rinibsiz-a? Tushlarimga kirasiz tinmay tinmay Meni juda sog‘inibsiz-a? Ko‘chalardan qidirib nogoh Tasodifan izlaysiz …