Besh-olti so‘m pul topib
Omad tulporing chopib
O‘zingni osmon olib
O‘zgarib ketma do‘stim

Nazar-pisandga ilmay
Bosar-tusaring bilmay
Qo‘l cho‘zsam parvo qilmay
O‘zgarib ketma do‘stim

Do‘stim, do‘stim
O‘zgarib ketma do‘stim
Do‘stim, do‘stim
O‘zingni asra do‘stim

Kerak emas davlating
Puling, mansab, savlating
Yetar shundoq suhbating
O‘zgarib ketma do‘stim

Chiqadi zo‘rlardan zo‘r
Qonun shunday chigal to‘r
Dunyo qilib ko‘zingni ko‘r
O‘zgarib ketma do‘stim

Do‘stim, do‘stim
O‘zgarib ketma do‘stim
Do‘stim, do‘stim
O‘zingni asra do‘stim

Ahd bor yigit orida
So‘zim do‘stlik zori-da
Hurmatingni borida
O‘zgarib ketma do‘stim

Ikki inson bir edik
Har maydonda sher edik
Ayrilmaymiz der edik
O‘zgarib ketma do‘stim

Do‘stim, do‘stim
O‘zgarib ketma do‘stim
Do‘stim, do‘stim
O‘zingni asra do‘stim

Other lyrics by Sanjarbek Hamzayev:

O‘zgarib ketma do‘stim

Besh-olti so‘m pul topib Omad tulporing chopib O‘zingni osmon olib O‘zgarib ketma do‘stim Nazar-pisandga ilmay Bosar-tusaring bilmay Qo‘l cho‘zsam parvo qilmay O‘zgarib …