Bir adashib o‘yiningiz sevgi debmiz
Sevmoqlikni kim qo‘yibdi bizdaylarga?
Kiyganimiz yirtiq chopon, to‘rvamiz bo‘sh
Bizga emas tenglashmoqlik sizdaylarga
Kambag‘alni sevadigan ko‘ngli qursin
Nimamiz bor biz g‘aribning ishqdan bo‘lak
Chin muhabbat tillo bilan o‘lchanganda
Bizning sevgi safsata-da quruq ertak
Sevib turib baxt tilaymiz odamlarga
Sirlashmoqlik ishimizdir to‘rt devorlar
Yashayvering boy qo‘ynida o‘ynab kulib
Armon quchib qolaverdik biz devona (2x)
Tun qo‘ynida dardlar quchib og‘rinamiz
Qismat bizga visolni ko‘p ko‘rdi nechun?
Nahot armon hukm o‘qib toabadga
Bir g‘aribning sevgisi-yu ko‘ngli uchun
Yetmadi-da siz suluvga kalta qo‘lim
Jim kuzatdim sizni o‘zim yor uyiga
Endi zinhor siz tomonga tushmas yo‘lim
Borolmaymiz afsus ko‘ngli yot uyiga
Sevib turib baxt tilaymiz odamlarga
Sirlashmoqlik ishimizdir to‘rt devorlar
Yashayvering boy qo‘ynida o‘ynab kulib
Armon quchib qolaverdik biz devona (2x)

Other lyrics by Sardorbek Sadiyev:
Baxt tilaymiz
Bir adashib o‘yiningiz sevgi debmiz Sevmoqlikni kim qo‘yibdi bizdaylarga? Kiyganimiz yirtiq chopon, to‘rvamiz bo‘sh Bizga emas tenglashmoqlik sizdaylarga Kambag‘alni …