Orom olib uxlamagan onaizorim
Kam bo‘lishim xohlamagan onaizorim
So‘zlari oh shirin asal-u bolim
Qarang meni qanday onam bor
Tashvishlarim yuragini ezib qo‘ygan
O‘ylama deb peshonamni o‘pib qo‘ygan
Sog‘lig‘imga sog‘lig‘ini tikib qo‘ygan
Qarang meni qanday onam bor
Ozorlarda, ozorlarda qolib ketgan
Ozorlarda bu jonlari tolib ketgan
Meni deya, kamim deya tolib ketgan
Qarang meni qanday onam bor
Hali u kam hali bu kam deyaverdim
Eskirmayin yangisini kiyaverdim
Obermasa qovog‘imni uyaverdim
Qarang meni qanday onam bor
O‘zi uchun yashamadi birorta kun
Tashvishlar-u dard qo‘lida bo‘ldi tutqun
Faqatgina yashayapti bizlar uchun
Qarang meni qanday onam bor
Ozorlarda, ozorlarda qolib ketgan
Ozorlarda bu jonlari tolib ketgan
Meni deya, kamim deya tolib ketgan
Qarang meni qanday onam bor (2x)

Other lyrics by Sarvinoz Ruziyeva:
Dugonalar to'ydamiz
Bir - birimiz sog’inib o’tar kun - u haftamiz Oy deganda yig’ilib dugonalar to’ydamiz Nima yetsin diydorga tugamas oila ishi Bizdek go’zal …
Namangan olmasi
Namanganning olmasi, anori bordir-ey, Ko’nglimni band etgan o’shal dildor-ey. Namanganning olmasi, anori bordir-ey, Ko’nglimni band etgan o’shal dildor-ey. Man yorimni …
Qarang qanday onam bor
Orom olib uxlamagan onaizorim Kam bo‘lishim xohlamagan onaizorim So‘zlari oh shirin asal-u bolim Qarang meni qanday onam bor Tashvishlarim yuragini ezib qo‘ygan O‘ylama …
Ruxsat bariga
Ko’p g’iybatimni qilsa ham endi Kuyunib yotmayman og’ir bo’laman Mayliga yuragimni tilsa ham endi Indamay yashayman ruxsat beraman Arzimas …
Talabalik davrim meni
Erta tongdan avtobusga yugurasan Choy ichishga ulgurmayin ulgurasan Juda kech yotgansan-da kech turasan Shunday o‘tar talabaning har kuni Ko‘zing tushar yurak shoshib …