Ketma ketgilar azob
Ketma ketgilar sinov
Tunlarim o’tar bedor
Buni bilmaydi birov

Kunduzi ko’zda kulgu
Kechalari yosh oqar
Dard degan bu sinovlar
Erinmay eshik qoqar

Ey dunyo, zolim dunyo
Oldingku orim dunyo
Ey dunyo, zolim dunyo
Tushungin holim dunyo

O’zim bir yo’qlamasam
Yo’qligim sezilmaydi
Bekorga telba yurak
Bunchalar ezilmaydi

Ey dunyo, zolim dunyo
Oldingku orim dunyo

Oqibat degan tuyg’u
Kel ochay eshik senga
Zarracha mehr bersang
Borimni beray senga

Ey dunyo, zolim dunyo
Oldingku orim dunyo
Ey dunyo, zolim dunyo
Tushungin holim dunyo

Ey dunyo, zolim dunyo
Oldingku orim dunyo
Ey dunyo, zolim dunyo
Tushungin holim dunyo

Other lyrics by Shohruhmirzo G'aniyev:

Dunyo

Ketma ketgilar azob Ketma ketgilar sinov Tunlarim o’tar bedor Buni bilmaydi birov Kunduzi ko’zda kulgu Kechalari yosh oqar Dard degan bu sinovlar Erinmay …